Saratonga qarshi davo

Assalomu alaykum! Islomda xozirgi vaqtda saratonga qarshi biror davo bormi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!  عَنْ جَابِرٍ  رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: يَوَدُّ أَهْلُ الْعَافِيَةِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حِينَ يُعْطَى أَهْلُ الْبَلَاءِ الثَّوَابَ لَوْ أَنَّ جُلُودَهُمْ كَانَتْ قُرِضَتْ فِي الدُّنْيَا بِالْمَقَارِيضِ. رَوَى التِّرْمِذِيُّ هَذِهِ السَّبْعَةَ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Qiyomat kuni ahli balolarga savob berilgan paytda ahli ofiyatlar dunyoda terilari qaychi bilan qiyilgan bo‘lishini orzu qiladilar», dedilar».Ushbu  hadisni Termiziy rivoyat qilgan.Sharh: Bu dunyoda o‘ziga etgan balolarni Alloh taoloning hukmidan deb bilib, ularga sabr qilgan mo‘min bandaga beriladigan savoblarga bu dunyoda balo-ofatlardan uzoqda bo‘lib o‘tganlar havas qilar ekanlar. Shuning uchun Alloh taoloning irodasi ila etgan balolarga sabr qilib, Alloh taolodan savob umidida bo‘lish lozim. Ushbu hadisi sharifda bu dunyoda balo-ofatlarga uchragan mo‘min banda uchun katta tasalli bor. Shu bilan birga, alohida ta’kidlash lozimki, mo‘min banda savobi ko‘p bo‘lar ekan, deb, o‘zini o‘zi baloga urishi yoki o‘ziga o‘zi balo etishini tilashi mutlaqo mumkin emas. عَنْ حُذَيْفَةَ  رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنَّا مَعَ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فَقَالَ: أَحْصُوا لِي كَمْ يَلْفِظُ الْإِسْلَامَ؟ فَقُلْنَا: يَا رَسُولَ اللهِ، أَتَخَافُ عَلَيْنَا وَنَحْنُ مَا بَيْنَ السِّتِّ مِائَةٍ إِلَى السَّبْعِ مِائَةٍ، قَالَ: إِنَّكُمْ لَا تَدْرُونَ لَعَلَّكُمْ أَنْ تُبْتَلَوْا، قَالَ: فَابْتُلِيَنَا حَتَّى جَعَلَ الرَّجُلُ مِنَّا لَا يُصَلِّي إِلَّا سِرًّا Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik. U zot:«Menga Islomni (kalimai shahodatni) necha kishi talaffuz qilganini sanab beringlar», dedilar.«Ey Allohning Rasuli, biz olti yuz bilan etti yuz orasida bo‘lsak ham, bizga yomonlik bo‘lishidan xavf qilasizmi?» dedik.«Sizlar bilmaysizlar, ehtimol, hali balolarga duchor bo‘larsizlar», dedilar.Darhaqiqat, balolarga duchor bo‘ldik. Hatto ba’zilarimiz namozni faqat berkitib o‘qiydigan bo‘ldi».Sharh: Islom yangi tarqalayotgan paytda shunga o‘xshash qiyinchiliklar juda ham ko‘p bo‘lgan. Islom uchun musibatga uchrash qadimdan ma’lum va mashhur. Shuning uchun Islom yo‘lida yurganlarga bu narsa doimiy ravishda eslatib turiladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

4 May 2022, 21:07 | Savol-javoblar | 183 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar