Qaynota va kuyov
Assalomu alaykum! Ayolim bir oy avval oilaviy mojaro sababli otasini uyiga o‘zi xoxlab ketib qoldi. Bu mojaroda meni xam, ayolimni xam aybi bor. Ketgandan keyin Orada ancha-muncha gap-so‘z qochdi. Bir oydan keyin men qaynotamning uyiga ayolim bilan qizimni qaytarib olib kelgani bordim, qaynotam menga juda qo‘pol muomalada bo‘ldi va ayolimni meni ruxsatimsiz sanatoriyga davolash uchun yotqizganini aytdi. Shu masalada ozgina tortishdik, lekin men qaynotamni bexurmat qiladigan, shaxsiyatiga tegadigan xech qanday gap aytmadim. Qaynotam qizini bermasligini va mendan ayolimni javobini berishimni so‘radi. Men ayolimni fikrini bilish uchun uni yoniga bordim. Ayolim menga yashash niyati borligini aytdi. Men oilamni saqlab qolish uchun qizimni kelajagi uchun kurashyapman.Ayolim bilan o‘rtamizga taloq tushmagan Allohga shukur. 1). Qaynotamni qizini javobini mendan so‘rashi to‘grimi bunga xaqqi bormi? 2). Ayolim men bilan yashayman desa, otasi noroziman desa, ayolimni oxiratiga putur etmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Haqqi yo‘q. 2). Putur etmaydi. Ammo siz ham bir narsani tushuning, qizingiz bor ekan katta bo‘lgach kuyovingiz qizingizga qanday muomalada bo‘lishini tasavvur qiling. Qaynotangizga qo‘pol muomala qilmasdan jdua to‘g‘ri ish qilibsiz. Biz har doim kattalar kechirishi kerak degan fikrda bo‘lamiz, shuni ilgari suramiz. Aslida kichiklar ham kattalarni kechirishi kerak. Buni ham o‘rganishimiz kerak. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 23:12 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush