Do‘stim aqiydasi
Assalomu alaykum! Ustozlar qilayotgan hayrli amallaringizni Alloh ajrini ko‘paytirib bersin. Boringizga shukur. Men oldinlari Sodiq Samarqandiy janoblarini tinmay eshitganman. Fatvolarini, Quron tafsirlarini qoldirmay kuzatganman. So‘ng "ikkinchi tomon" ya’ni Abror Muxtor Aliy (subhanolloh, o‘sha paytlar jinim suymasdi, hozir aksincha) ustozni ham e’tibor bilan eshitib ko‘rganman. Ikki tomonni yaxshilab eshitib, chunib etkanman. Savolim hukm chiqarishdan oldin bir tomonni eshitib emas, oldin ikki tomonni eshitib, so‘ng qaror qabul qilish to‘g‘risida oyat yoki hadis yoki sahobalar, ustozlarlardan ko‘rsatmalar bormi? Yaqin do‘stim Samarqandiy, Yusuf Davron achinarlisi Abdulloh Zufarni eshitishda davom etayapti. Qolganlarni ahli sunna emas deb aytadi. Aslida Salafiymiz deyayotganlar- Halafiylar ekanini ham bilmaydi. Ushbu do‘stimni qaytarishim uchun nima desam boladi? Bu qilayotgan ishi bilan millionlab buyuk ustozlarni ahli sunnadan osongina chiqarib qo‘yayotganini tushunmayapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizdan ko‘ra ilmli kishilarning gapini qabul qilmaydigan kishilarga nima deyishingiz mumkin. Ularning haqqiga hidoyat so‘rab duo qiling, bilimli ahli ilmga ro‘para qiling. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 19:37 | Savol-javoblar | 173 | Aqiyda