Savdodagi qoida

Assalomu alaykum!  Bildikki savdoda 3 qoida bor. Naqdga, nasiyaga savdo xamda ish haqiga kelishish qoidasi. Savolom shuki:
1). Naqdga oldi, xoxlagan narxini qo‘yib sotadi, sota olmasa qaytarmaydi.
2). Nasiyaga oldi, muddatni kelishdi sota olmasa qaytarmaydi. Yoki shu xolatda nasiya pulini berish  muddati kelmasdan olingan molni qaytarsa ham bo‘ladimi?
3). Ish haqqi to‘lov qoidasida mol sotilmasa sotuvchi haq ham olmaydi, molni ham egasiga qaytarish mumkin bo‘ladi. Har qanday oldi sotdi xolatida shu qoidaga asoslanib hukm chiqarish joizmi? Aziz ustozlar shu tushunchalarimga va savollarimga oydinlik kiritib xatolarini to‘g‘irlab beringlar, iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri. 2). Qaytarib bo‘lmaydi. 3). Shunday. Joiz. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 11:06 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar