Qayin og‘am talabchan
Assalomu alaykum! Qaynog‘am o‘ta talabchan yigit mendan ko‘p norozi bo‘ladi ming harakat qilsam ham unga qilgan ishlarim yoqmaydi ko‘pchilikni ichida meni izza qiladi bunga uni qanchalik haqqi bor? Qaynonam ham u tomon to‘g‘ri aytyaptida diydila. Aslida dinda buning hukmi qanday? Ularga gap qaytarib norozi bo‘lishdan, gunohkor bo‘lishdan juda qo‘rqaman, lekin qovog‘izi sovoldiz hafa bo‘voldiz dib ko‘p ranjitadilar. Ulardan hafa bo‘lishga haqqim yo‘qmi? Gunoh qilyapmanmi? Allohim to‘g‘ri yoldan adashtirmasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizning qilgan ishingiz eringizga yoqishi kerak. Qanog‘angiz sizdan ish yoki uning sifatini talab qilishga haqqi yo‘q. Izza qilishi esa harom hisoblanadi. Siz savob umidida va eringizning hurmatidan ularga yaxshi muomala qilib, xizmatlarini qilsangiz o‘zingizning xohishingiz, majbur emassiz. Shariat bo‘yicha ularni bunday qilishga haqlari yo‘q. Xususan qaynog‘angiz o‘z haddini bilishi kerak. Munosabatlar o‘zaro hurmat asosida bo‘lishi kerak. Xafa bo‘lsangiz haqqingiz bor. Gunoh bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 11:04 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush