Hadisda kelmagan duolar
Assalomu alaykum! Qur’oni Karimda yoki Hadisda zikri kelmagan, shunchaki bandaning dunyoviy talabini o‘z ichiga oladigan duolarni odatta hamma dasturxon atrofida yoki boshqa holatlarda aytib yuradi. Savolim: Aynan shunaqa bandalar o‘zlari hohishlariga qarab so‘raydigan duoni arab tilida aytsa fazilatliroq yoki Alloh taologa mahbubroq yoki amalga oshishi ehtimolligi yuqoriroq bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozda farqi bor. Namozdan tashqarida yo‘q. Bunday duolarning ijobat bo‘lishi qaysi tilda ekanligiga bog‘liq emas. Siz luqmani halol qilishga, harom, makruh ishlardan tiyilishga harakat qiling. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 01:34 | Savol-javoblar | 152 | Duolar