O‘g‘irlangan molni bilmasdan olsa

Assalomu alaykum! Bir kuni tanish yigit to‘g‘rirog‘i og‘aynimdi ukasi telifon qilib qoldi va aka telivizor bor olasizmi deb qoldi. Shunda men so‘radim o‘g‘irlanmaganmi deb u yo‘q aka dedi. Uyimizga olib keldi qarasam sifatli va narxi qimmatroq telivizor ekan. Negadir olishga ko‘nglim bo‘lmadi va olmadim. Keyin eshitsam o‘g‘irlangan ekan o‘zini xolasiga borib sotibdi. Savolim: agar shu telivezorni o‘g‘irlanganini bilmasdan olib qo‘ysam men xam gunoxiga sherik bo‘lardimmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon odam qiladigan har bir ishini o‘ylab, surishtirib qilishi kerak. Alloh taolo insonga aqlni bergan, biroz ishlatib ham qo‘yish kerak. Siz ishlatibsiz, inson taqvoda bardavom bo‘laversa Alloh taolo uni qalbini yomonliklardan ximoya qilib qo‘yadi. Bu degani hamma o‘z qalbini haq me’yori qilib olsin degani emas. chunki shariatga amal qilmasdan yuradigan insonlar ham uni o‘ziga me’yor qilib olishadi. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing. https://fiqh.uz/maqola/622 

8 May 2022, 01:55 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar