Obro‘ e’tibor

Assalomu alaykum! O‘zbeklarga xos obro e’tibor uchun elib yugurish bu azaldan bor narsa. Oila moliyaviy tarafdan qiynalgan bo‘lsa ham xech kimdan kam bo‘lishimiz kerakmas deb, qarzga ham, qanday qilib bo‘lsa ham hammadek bo‘lishni istashadi. Masalan qizi bor uyga sovchilar kelishni boshlasa, mehmon kutishda, yigit kishini uyiga kelin tushsa, qiynalib bo‘lsa ham insonlarni hurmati uchun sarf harajatlar qilish mumkun narsami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mumkin emas. O‘ZI ERIShMAGAN NARSANI BOR QILIB KO‘RSATADIGAN KIShI HAMDA KUNDOShNING FAXRLANIShDAN QAYTARILGANI HAQIDA  عَنْ أَسْمَاءَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم. حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا يَحْيَى، عَنْ هِشَامٍ، حَدَّثَتْنِي فَاطِمَةُ، عَنْ أَسْمَاءَ: أَنَّ امْرَأَةً قَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ لِي ضَرَّةً، فَهَلْ عَلَيَّ جُنَاحٌ إِنْ تَشَبَّعْتُ مِنْ زَوْجِي غَيْرَ الَّذِي يُعْطِينِي؟ فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «الْمُتَشَبِّعُ بِمَا لَمْ يُعْطَ كَلَابِسِ ثَوْبَيْ زُورٍ». تحفة: 15745 - 45/7 Asmo roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Bir ayol: «Ey Allohning Rasuli, mening kundoshim bor. Agar erim menga bermagan narsani bergan qilib ko‘rsatsam, gunoh bo‘ladimi?» dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O‘ziga berilmagan narsani berilgan qilib ko‘rsatgan odam ikkita yolg‘on kiyim kiygan kabidir», dedilar». Izoh: «Ikkita yolg‘on kiyim kiygan kabidir», ya’ni gunohi ikki barobardir. Gapi ham yolg‘on, ishi ham yolg‘on. O‘zida yo‘q narsani bor qilib ko‘rsatishi bir gunoh, bu bilan o‘zgaga ozor berishi yana bir gunoh. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Bu borada ham bor boricha, yo‘q holicha bo‘lishga harakat qilish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:13 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar