Attahiyotni unutish

Assalomu alaykum! Men namoz payti ikkinchi rakatdan keyin Attahiyotni o‘qiyotganimda birdan xayolim qochib, qaysi joyga kelib qolganimni bilmay yana taxminan davom etdim. Sajdai sahv qilmabman. Namozdan keyin menda Attahiyotni to‘liq o‘qidimmi yoki yo‘qmi degan shubha paydo bo‘ldi. Menda duodagi "Assalamu alayka ayyuhannabiyyu va rohmatullohi va barokatuh" degan joyini aytgan yoki aytmaganligimda gumon bor. Ushbu holatda namozimni qayta o‘qishim kerakmi? Agar Attahiyotni to‘liq o‘qimagan bo‘lsam namozim buzilgan hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sajdai sahv kifoya qiladi. Qilmagan bo‘lsangiz vojibni tark qilgan bo‘lasiz, lekin katta nuqson bilan namoz ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 02:39 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar