Bir necha mavzuda
Assalomu alaykum! Ukamdan ayrilganimizdan so‘ng dadam namoz o‘qishga ahd qildilar, ammo haligacha o‘rganolmayapdilar. Ertalab 4-5da turib soat 8gacha “Men ham namoz o‘qiyman” kitobchasini o‘qiydilar, suralarni yodlashga harakat qiladilar, ammo qo‘llaridan kelmayapdi, xotiralari pastlik qilyapdi. Nima qilishga nima deyishga hayronman. Maslahat beringlar iltimos. 2. Chaqalog‘imga suralarning audio shaklini qo‘yib beraman va uxlab qoladi, tinchlanadi. Ammo shu vaqtda bazan bavl qiladi, el chiqaradi. Shunday vaqtlarda hijolat bo‘laman. Nima qilay? Quyib bermay desam xotira katakchalari hali tozaligida Qur’onga mehr qo‘ysin deyman, qo‘yay desam bu ahvol. Nima qilishga boshim qotgan, maslahat beringlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Kitobga qarab o‘rganib olguncha o‘qiyversin. Qariganimda o‘qiyman deganlar bekorlarni aytishibdi.
2). Joiz. Biror baloga duchor bo‘lib yig‘lab yig‘lab o‘qimasdan oldin namozlarni o‘z vaqtida o‘qing. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 02:39 | Savol-javoblar | 150 | Ibodatlar