Nasroniylarning diniy kitoblari

Assalomu alaykum! Men Tarixiy Muhammadiy kitobining audiosida bir narsa eshitgan edim adashmasam. U erda bir g‘azotdan keyinmi sahobalar masalan nasroniylarni ustidan g‘alaba qozonganlarida ularning diniy kitoblarini nima qilaylik deb so‘rashadi Payg‘ambarimiz alayhissalomdan shunda o‘rganish uchun o‘zimizning dinimiz bor” degan ma’noda gap aytadilar. Agar shunday hadis yoki shu manoda hadis bo‘lsa keltirib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zimingizni Nabiyingizga nozil bo‘lgan kitob turganida boshqa dindagilarni kitobini nima qilasizlar degan ma’noda aytganlar. عن جابر - رضي الله عنه - عن النبي - صلى الله عليه وسلم - حين أتاه عمر فقال : إنا نسمع أحاديث من يهود تعجبنا ، أفترى أن نكتب بعضها ؟ فقال : أمتهوكون أنتم كما تهوكت اليهود والنصارى   لقد جئتكم بها بيضاء نقية ، ولو كان موسى حيا ما وسعه إلا اتباعي " . رواه أحمد ، والبيهقيJobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Umar kelib “Biz yahudiylardan hadis(hikoya va ma’ro‘za)lar eshitamiz” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Sizlar(o‘z diningiz haqida) yahudiy va nasorolar kabi shak shubhadamisiz? Men sizlarga ochiq-oydin, sof, xolis(din)ni keltirdim. Agar Muso tirik bo‘lganida menga ergashishdan boshqa narsa qilishi joiz bo‘lmas edi” dedilar". Imom Ahmad va Bayhaqiylar rivoyati.أَنَّ عَبْدَ اللهِ بْنَ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: يَا مَعْشَرَ الْمُسْلِمِينَ، كَيْفَ تَسْأَلُونَ أَهْلَ الْكِتَابِ عَنْ شَيْءٍ وَكِتَابُكُمُ الَّذِي أَنْزَلَ اللهُ عَلَى نَبِيِّكُمْ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَحْدَثُ الْأَخْبَارِ بِاللهِ مَحْضًا لَمْ يُشَبْ، وَقَدْ حَدَّثَكُمُ اللهُ أَنَّ أَهْلَ الْكِتَابِ قَدْ بَدَّلُوا مِنْ كُتُبِ اللهِ وَغَيَّرُوا فَكَتَبُوا بِأَيْدِيهِمْ، قَالُوا: هُوَ مِنْ عِنْدِ اللهِ. لِيَشْتَرُوا بِذَلِكَ ثَمَنًا قَلِيلًا، أَوَ لَا يَنْهَاكُمْ مَا جَاءَكُمْ مِنَ الْعِلْمِ عَنْ مَسْأَلَتِهِمْ، فَلَا وَاللهِ مَا رَأَيْنَا رَجُلًا مِنْهُمْ يَسْأَلُكُمْ عَنِ الَّذِي أُنْزِلَ عَلَيْكُمْ Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu dedi:
«Ey musulmonlar jamoasi! Qanday qilib ahli kitoblardan biror narsa haqida so‘raysizlar? Axir Alloh Nabiyingiz sollallohu alayhi vasallamga sizlar uchun nozil qilgan Kitob Alloh haqidagi xabarlarning aralashmagan, sof, eng yangisi ku! Alloh sizlarga ahli kitoblar Allohning kitoblarini almashtirganini, o‘zgartirganini va uni ozgina pulga sotish uchun o‘z qo‘llari bilan yozib, «Bu Allohdan», deganlarini so‘zlab bergan ku! Axir sizlarga kelgan ilm ulardan so‘rashdan qaytarmaganmi?! Yo‘q! Allohga qasamki, ulardan biror kishining sizlarga nozil qilingan narsa haqida sizlardan so‘rayotganini ko‘rmadik!» (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

8 May 2022, 03:22 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar