Sochni ikki xil ranga bo‘yash

Assalomu alaykum! Ayol kishi sochini ikki xil ranga bo‘yasa bo‘ladimi? Alhamdulillah hijobliman. Erim sochimni rangini o‘zgartirishimni xohlaydi(sochimni tepasi to‘qroq ranga uzunligi esa ochroq). Masalasi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aytganingizday faqat erning oldida ko‘rinadigan bo‘lsa zarari yo‘q. Bo‘yoq rangi qora bo‘lmasin va g‘usl qilinganda sochning ostiga suv o‘tkazadigan bo‘lsin. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 03:44 | Savol-javoblar | 153 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar