Men ham gunohga sherik bo‘lamanmi?
Assalomu alaykum! Hozirda aholidan gaz va svetdan mavjud bo‘lgan qarzdorlikni undirish uchun Majburiy ijro byurosi tashkil etilgan. Qarzini to‘lay olmaganlarni uyidagi jixozlarni musodara qilib ketadi, u jixozni qaytib olish uchun qarzdan tashqari eng kam oylik ish haqining falon barovari to‘lab qaytib olish mumkin. Kimdir to‘lay oladi, kimdir olmaydi. Norozi bo‘lib beradi.
Savolim shuki: Men kanselyariya mollari sotadigan do‘konda ishlayman, va shu tashkilot bizni do‘kondan pul o‘tkazish(perechisleniya) yo‘li orqali qog‘oz va kanselyariya mollari oladi. Bu qog‘ozlar kimningdir uyini kuydirish uchun ishlatiladi. Bir xadisda o‘qigandim kim zolimlarga yordam bersa, qiyomat kuni shular bilan birga tiriladi. Meni bu qilyatgan ishim gunohmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida gaz va svet kabilarni ishlatib pulini to‘lamaganlar zolimdir. Agar qarzdorlik qilishda to‘xmat aralashayotgan bo‘lsa, (ba’zi bir viloyatlarda xodimlar pulini eb iste’molchi qarzdor bo‘lib qolayotgan ekan) to‘latuvchilar zolim bo‘lishadi. Xalqimiz ko‘rpasiga qarab oyoq uzatish degan maqolni hali ham to‘liq tushunmayapti. Agar ishlatib to‘lamayotganlar pullariga qarab ishlatsa qolganlarga zulm qilmagan bo‘lardilar. Bo‘laturib pulini to‘lamaydiganlar esa bir necha barobar zolimroqdirlar. Avval siz kim zolimligini aniqlang. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 08:37 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar