Oldi sotdi

Assalomu alaykum! Minib yurgan moshinamni sotmoqchi bo‘ldim, internet saytlarga rasmini narxini qo‘yib joylashtirdim. Keyin narxi to‘g‘ri kelmagani uchun hali sotomadim. Agar sotish fikridan qaytsam ba’zilar sotaman degandan keyin minib bo‘midi diyishyatdi. Nima qilishim kerak? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bekorlarni aytishibdi. Siz sotaman desangiz, biror kishi olaman deb kelishsa baydan qaytishga haqqingiz yo‘q. Ammo birortasi oldim deb kelishmaguncha baydan qaytishga haqqingiz bor. Hech qanday noshar’iy holati ham yo‘q. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 17:04 | Savol-javoblar | 139 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar