Shirk gaplarni gapirib qo‘yish

Assalomu alaykum! 18 yosh opam bilan 13 yoshlik ukambor ular 5 maxal namoz o‘qiydi ilmi bor. Shu ikki oycha oldin bir xato qilishib qo‘yishibdida 6 yoshlik jiyanimga bir cho‘pdan kresga o‘xshash shakl yasavolib xazil xuzl qilib sig‘ingandek qilib (jiyanimga) ur meni ur kofirni ur debdi opa-uka. Qaysidur kinodan ko‘rvolishgan bo‘lsa kerak. Jiyanim "Erto‘g‘rul" "Muxtasham asr" serialidagi shoxlarga xavas qilgani uchun kinodagi ayrim personajlarni rolini o‘ynabmi. Xazil qilishgan ekan yaqinda nimadandir gap ochilib o‘sha ishlarini menga aytib berishdi. Men esa bu shirk tavba qilish tezroq dedim o‘zi nimalar qilishgan edin deb so‘radim. Ular tasvirlab berishdi meni xam qalbimda qo‘rquv uyg‘ondi. Yana o‘sha qiliqlarini takror ko‘rsat berishdi ikkinchi martta gunox kilishganiga men sababchi bo‘lib qolmadimmikan deb. Gapni ochig‘i ulardan xavotirdaman. Ular shirk ishni qilishganmi ikki oylik amallari namozlari o‘tmaganmi? Tavba qilishsinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kufr so‘z va amalni haq deb e’tiqod qilmasada o‘z ixtiyori bilan amalga oshirish ham kufr hisoblanadi. Undan tavba qilishi kerak. Avvalo bunday ishni qilganlarga to‘g‘ri tushuncha berish kerak. Kofir bo‘lding deb hukm qilmaslik kerak. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 05:11 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar