axvol

Muxtaram shayx xazratlari. Rasululloxga salotu salomlar bulsin, u zotning vorisi sifatida Sizdan ayrim muammolarimga echim surasam. Raxmatli ota-onam meni islomiy ilm olib, shular asosida yashashga urgatishgan. ulardan sung, sunnatga muvofik islomiy tarbiyalangan kizga uylandim. Oimlamda biror bir muammo tugilsa, agarchi zararimga bulsa-da, shariat buyicha echishga xaakat kilyapman. Ammo shu kunlarda imkonim kuldan ketyapti. ya’ni keliningiz meni kattik yaxshi kuradi. shu tufayli bulsa kerak, juda kuchli rashk kiladi. Davlat idorasida ishlayman, ish yuzasidan biror ayol bilan gaplashsam, tamom, uning uchun usha ayol buzuk, men zinokor bulaman. Bilmadim bu shariatda tugrimi yukmi, lekin men atrofdagilar oldida izza bulaman. bu borada uz bilganimcha kurgan choralar aslo foyda bermayapti. xatto uning talabi bilan agar zino kilsam, uch taloksan, deb aytdim. baribir kungli tulmaydi. Shunday baxonalar bilan xayotimni zaxarlayapti. endi uzimga kelib yaxshishay boshlasam, yana yangi gavgo boshlaydi. Yakinda shunday munozaralar paytida shunday gaplarni gapirishga xam majbur buldimki, endi biror ayolga "yomon" karasam, tamom oramizdagi iloxiy bog shu ondayok uziladi. bu men uchun oson emas, chunki insonman, shayton bor. Agar biror kulbada chilla utirganimda boshka gap edi. nima kilishga xayronman. ShUngacha xatto aka-singillarim bilan bordi-keldi kilmasayam, 4 nafar bolalarim xakki chidayotuvdim. endi menimcha xammasi tamom. xayron bulganim, ilmli odamning kizi, lekin otasining nasixati xam ta’sir kilmaydi (afsuski u kishi xam xozir xibsda). Onasi esa menimcha uzi nasixatga muxtoj. 3-4 kunday buyon uylanaman: kayda xato kildim? naxoti islomiy oila deb ardoklagan kurgonim kumdan kurilgan? Ishimda unum, xayotimda ma’no kolmadi. Boya telefonda yana bir narsalar deb javragandi, gazab ustida bir narsalar deb yubordim, Valloxi suzma suz eslolmayman, ammo ajralish niyatida. agar talok tushgan bulsa, bungacha ikki marta ajrashganmiz. Duo va nasixatingizga muxtojman, Salom bilan "Maxzun".
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh sabr bersin!

27 May 2022, 02:35 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar