Uylanishdagi holatlar
Assalomu alaykum! Jamiyatda ayniqsa yigitlarni orasida bir xolat keng tarqalib ketyapti. Bu xolat shuki yigitlar xatto namozxonlar xam savob bo‘ladi deb o‘ntasini qo‘li tekkan qizlarga uylanishyapti, nimaga bunday qilyapsiz axir bilasizku u qizni qanaqa ekanligini deyishsa qiyos Umar roziyallohu anhuni hayotlari u zotning Islomga kirishlaridan oldin xam oppoq bo‘lmaganlari emish yoki boshqa saxobalarni xayotini qiyos qilishadi. Ya’ni ularni joxiliyat davridagi xayotlarini. Men bunga qarshi chiqyapman chunki bu ishlar besunnatlikni tarqalishiga sabab bo‘ladi deb bilyapman. Shu ishlari qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bunday qilish savob emas. Aslida inson o‘zini poklashga, ibodatda mustahkam bo‘lishga harakat qilaverish kerak, chunki Alloh taolo “Nur” surasida quyidagicha marhamat qiladi: الْخَبِيثَاتُ لِلْخَبِيثِينَ وَالْخَبِيثُونَ لِلْخَبِيثَاتِ وَالطَّيِّبَاتُ لِلطَّيِّبِينَ وَالطَّيِّبُونَ لِلطَّيِّبَاتِ أُوْلَئِكَ مُبَرَّؤُونَ مِمَّا يَقُولُونَ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ 26. Nopok xotinlar nopok erkaklar uchundir. Nopok erkaklar nopok xotinlar uchundir. Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchundir. Pokiza erkaklar pokiza ayollar uchundir. Ana o‘shalar u(bo‘htonchi)lar aytayotgan narsalardan poklangandirlar. Ularga mag‘firat va karamli rizq bordir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:54 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush