Fermadagi ish

Assalomu alaykum! Men bir tanishim Rossiyada ishlaydi. U mendan bir masalani so‘rashimni aytdi. Tanishim bir mol boqadigan fermada ishlaydi, uning aytishicha o‘sha fermada cho‘chqa ham boqilarkan. Tanishim cho‘chiqani boqmayman, lekin qolgan sigiru qo‘ylaringga qarayman degan. Ish beruvchi ham rozi bo‘lgan, hozir u cho‘chqadan boshqa barcha ferma mollariga qaraydi. Uning shu kelishuv asosida topgan puli halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 06:05 | Savol-javoblar | 134 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar