Mulk zakoti
Assalomu alaykum! Men ayol kishiman, mening xam oz bo‘lsada o‘z jamg‘armam bor. Ayol kishi o‘zi puliga o‘zi egalik qiladi shariyatimizda. Sizlardan so‘ramoqchi bo‘lganim, tillo taqinchoqlarim zakotini qanday chiqaraman? Uy olgandim (imtiyozlik keredit ya’ni boshlang‘ich to‘lovsiz) uning xam zakotini chiqaramanmi? Onam qazo qilgani uchun oilamizda ayol yo‘q, onamnikida turamiz erim va farzandlarim bilan. Ukamni uylab keyin chiqaman u uyga. Xullas, kredit uyim bo‘sh edi. Uni jixozlab ijaraga berdim. 200$ xar oyda olaman. Lekin kreditini xam to‘layman. Mulk zakotini qanday xisoblayman? O‘zim o‘qituvchiman. O‘tgan ramazon oyiga yaqin yangi farzandlik bo‘lganim uchun, ishga majbur 0,25 stavkaga qaytdim. Oyligim kam bo‘ldi. Topayotgan pulimni zakotini qanday chiqaraman? Yig‘ib qo‘ygan jamg‘armamni birovga mashina olib berdik, uzib berish yo‘li bilan qaytarish evaziga 3 yilga. 4000$ pul edi. Berganimizga 1 oy bo‘ldi, xozirda karantin tufayli qaytarish imkoni yo‘q, vaqtincha to‘xtatdik, u mashinaninxam mulkim sifatida zakotini chiqaramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tillolaringiz va boshqa jamg‘armangiz, tijorat uchun atalgan mol mulkingiz qiymatini chiqarasiz va qirqdan birini zakotga ajratasiz. Ijaraga berilgan uyning qiymatidan zakot yo‘q, tushgan pulidan berasiz. Sotilgan mashinaning qiymatidan ham zakot chiqariladi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 06:05 | Savol-javoblar | 180 | Zakot