Qay biri afzal?
Assalomu alaykum! Men maktabda o‘qituvchiman shu bilan bir qatorda metod birlashma rahbariman. Allohga shukur ibodatli ayolman. Imkon qadar namozlarimni to‘kis o‘qiyman alhamdulillah! Lekin o‘zingizga ma’lumki, har ishda qiyinchilik bor. Kollektivdagi o‘qituvchilarni metod birlashma rahbari sifatida teng ko‘rish va ularni ahil ishlashlariga doimo harakat qilaman. Ammo ba’zan ular orasida ham nifoq kelib chiqadi , ya’niki, dars soati yoki boshqa asosan moddiy masalalarda kelishmovchilik bo‘lib turadi. Hozir ham xuddi shunday muammoga to‘qnashib turibman. Bunday hollarda asabbuzarlik meni charchatadi. Ya’ni maktab rahbariyati bilan ko‘pincha adolat istab tortishib qolyapmiz. Bu meni ibodatdan chalg’itadi albatta chunki kuni bilan o‘sha masalani o‘ylab asablarim charchaydi. Men metod birlashma rahbarligidan voz kechishim mumkin lekin voz kechgan taqdirimda ham maktab rahbariyati o‘rnimga o‘ziga o‘yinchoq bo‘lgan boshqa oq’ituvchini qo‘yishi aniq va bizning Kollektivdagi ba’zi o‘qituvchilar huquqlari poymol qilinishi mumkin. Shunday holatda man shu narsani bilib turib metod rahbarlikdan ketsam qiyomat kuni o‘rnimni adolatsiz rahbarga tashlab ketganim uchun so‘roqqa tutilmaymani? Yoki oxirigacha adolat uchun kurashaymi? Metod birlashma rahbari sifatida boshqa o‘qituvchilardan ko‘proq dars soati olsam bu adolatdanmi yoki adolatsizlik hisoblanadimi? Javoblaringiz uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz harakat qiling va bunda Allohga suyaning. Adolat nimadaligini boshqalardan so‘rab ko‘ring. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 12:51 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz harakat qiling va bunda Allohga suyaning. Adolat nimadaligini boshqalardan so‘rab ko‘ring. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 12:51 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar