Ichkilik ichib taloq qo‘yib yashasa
Assalomu alaykum! Mening turmush o‘rtog‘im ko‘p ichadi va har ichganda uch taloq deb janjal qiladi va ertasi kuni kechirim so‘rab yolvoradi ketma deb farzandlarim uchta ularni ko‘zim qiymay yana qolaman, besh vakqt nomoz o‘qiyman va nomozlarimda ayniqsa shom nomoz vaqtida 40 marotaba Fotiha surasini o‘qib unga insof so‘rayman. Meni bu tariqa yashab yurishim qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Din faqat namoz o‘qishdan iborat emas. Uch taloq bir marta aytilganda siz eringizga harom bo‘lib bo‘lgansiz. Qaytib kechirim so‘rashi, qaytib olish o‘tmaydi. Ota-ona kabi insonlarni o‘rtaga qo‘yib bu ishni hal qilib olinglar. Aks holda zino qilgan bo‘lib, qiyomatda o‘ta ayanchli holga tushib qolasiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 06:16 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush