Topilgan mablag‘ halolmi?

Assalomu alaykum! 1) Hozirgi kunda chet elga ishlashga ketganlarning soni juda ko‘p ekanligi barchamizga sir emas, va ularning aksariyati xali chet elda o‘z o‘rnini topganlaricha yo‘q. Shunday ekan ish o‘rinlari muhim masalaga aylanib borayapti. Shu ishsiz odamlarga ish topib berib, shu ish o‘rni uchun pul olsa halol bo‘ladimi? 2) Biz Korea davlatida o‘qib, ishlaymiz va bu erga o‘qishga kelmoqchi bo‘lganlar ko‘p. Agar biz shu ishni ya’ni odamlarni bu erga o‘qishga qabul qildirib bu erdan hal qilinadigan ishlarni qilib va mijozdan xizmat haqqi (kelishilgan holda) olishimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Dallolligi uchun bir marotaba xohlaganicha haq olishi mumkin. Doimiy ish haqidan ma’lum bir qismiga o‘tirib olish joiz emas. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 03:21 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar