Vaqti kirganidan o‘qiymi?
Assalomu alaykum! Bilamizki, har bir musulmon 5 vaqt namozlarini vaqtida ado etishi shart. Namozni vaqtida o‘qish kerakligi haqida hadislar ham kelgan. Ammo ko‘pchilik xufton namozini qancha kech o‘qisa shuncha savobi ko‘p bo‘ladi deyishadi. Axir namozni vaqti kirgandan o‘qish kerak-ku. Bunda nima qilishimiz kerak? Hamma namozni vaqti kirgandan o‘qib, xufton namozini esa kech o‘qiylikmi? Yoki barchasini vaqti kirgandan o‘qiylikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayollar barchasini vaqti kirganidayoq o‘qishga odatlansinlar. Har bir erkak ayoldan eshitadigan eng yaxshi so‘zi “Namoz o‘qidizmi” deb so‘raganida “Vaqti kirishi bilan o‘qib olganman” degan gap bo‘lishi kerak. Har birimiz ayolimiz va qizlarimizni shunga targ‘ib ham qilishimiz kerak. Bu alohida bitta masala, namozni vaqti chiqib ketishligi esa yana alohida masala. Taqvimda namozni kirish va chiqish vaqtlari belgilab qo‘yilgan. Masalan xuftonni vaqti osmonda oq shafaq yo‘qolgandan bamdod vaqti kirgunchadir. Shuni ichida o‘qib olsa zimmasidan ado bo‘ladi. Erkaklarga esa eng afzali jamoat nechada belgilansa o‘sha jamoatda o‘qiganidir. Ayol yoki ayol kishilar kabi jamoatga chiqolmaydigan erkaklar ham vaqti kirishi bilan o‘qib olgani afzal. Masalan bemor bo‘lsa yoki bemorga qarovchi bo‘lsa kabilar. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 06:27 | Savol-javoblar | 140 | Namoz