Aqida haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati! Ma’lumki bizning o‘lkalarda fiqhda ahli sunna val jamoaning Imomi A’zam rahmatullohi alayhining mazhablariga ergashiladi. Ammo aqiydaga keladigan bo‘lsak, bu o‘lka xalqi uchun qaysinisi afzalroq. Moturidiyami yoki Ash’ariyami? Ikkinchi savolim: Biz kabi ilmi yuqori bo‘lmagan musulmonlar uchun aqiydaviy mazhablarda ham xuddi fiqhiy mazhablardagi kabi bir mazhabga to‘laligicha amal qilish vojibmi? Alloh ilmingizni ziyoda qilsin! Barchalarimizga tavfiq bersin! Assalamu alaykum varahmatulloh!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida iymon keltirish juda ham oddiy va oson ishdir. Kalimani aytish va tasdiq qilish. Kim shu ikki ishni qilsa uni musulmon deyiladi. Musulmon bo‘lish uchun shariatimiz qiyin qiyin shartlarni belgilamagan. Islomni qabul qilish o‘qimishli, bilimdon kishidan qanday sodir bo‘lsa, o‘qish yozishni umuman bilmagan kishidan ham o‘shanday sodir bo‘ladi. Uning soddaligi xuddi hushbo‘y mushkni qo‘lingizga olib, hidlab mazza qilsangiz bo‘ldi. Aslida iymon shu darajada sodda va oson narsa. Lekin falsafa va mantiqchilar uning ortiga tushib, jome’ va mone’ tarifi nima ziyoda va noqis bo‘ladimi yo‘qmi, iymon bilan islom orasida nima farq bor kabi bahs munozalar paydo qilishdi. O‘zaro bahs munozaradagi qarashlar turli tarafga tortilib, xavorij, shia, mo‘tazila, karromiya, murjia, qaromita deb nomlangan firqalar vujudga keldi. Hattoki islom ulamolari boshiga shunday kunlar keldiki ular shu va shu kabi savollarga javob berishlariga majbur bo‘ldilar va ummatni ularning shubhalaridan halos bo‘lishlari uchun harakat qilishlariga to‘g‘ri keldi. Alhamdulillah ular bu ishlarni Alloh taoloning tavfiqi ila a’lo darajada bajardilar. Keyingi keladigan ummatga shu kabi firqa va ularning shubhalari paydo bo‘lsa, ularni kimligini bemalol ajrata olishlari uchun mezon(shablon) tuzib qo‘ydilar. Alloh taologa behisob shukrlar bo‘lsin. Hozirda qadimdagi firqalarning juda ko‘pi yo‘q bo‘lib ketdi va umrni ularga qarshi bahs munozara bilan o‘tkazishga hojat qolmadi. Iymon yana asliy soddaligiga qaytdi. O‘lgan ilonning go‘rini qayta ochishga xojat ham yo‘q. Lekin ba’zi bir donolarning qaysidir maqsadlari uchun yangidan yangi firqalar paydo bo‘lib, ular ortidan ergashuvchilar ham topilyapti. Shuningdek inson qachon islom doirasiga kiradiyu, nimalar bilan undan chiqib qolishi mumkin. Shuning uchun iymonning ta’rif va haqiqatini bilib olishimiz zarur. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:17 | Savol-javoblar | 152 | Aqiyda