Avariya xolati
Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar. Savolim men ikki oy avval shaxsiy mashinamda yolda birovning mashinasini urib yubordim. Ayb menda bolganligi sababli u odamning mashinasini tamirlatib berishimni aytganimda u inson ozining tanish ustasiga korsatdi. Usta mashina 6 millionga tuzalishini aytganida men u insonning kongli uchun usta bilan savdolashmasdan aytilgan pulni berdim u inson rozi boldi va boshqa da’vosi yoqligini aytdi. Oradan ikki kun otib u insonning ilmi bor dindan xabari bor akasi menga yana 500 dollar berishim kerakligini, sababi mashinasining narxi avariya bolganligi uchun tushganini aytdi. Men bu hammasi Allohdanligini, men ham atayin urmaganligimni, ozimning ham mashinam 6 millionga tuzalishini va ukasi rozi bolganligini aytib u talab qilgan 500 dollarni bermadim. U inson bolmasa bu ishni Allohni oziga havola qilamiz deb ketti. Oradan bir oy otip huddi shu holat yana takrorlanib avariya boldim. Bu safar ayb menda bolmadi. Aybdor odamning holatini korib va ozimning ham boshimdan shu holat otganini aytib pul undirmadim. Mashinani ozim tamirlab oldim. Savolim shuki birinchi holatdan song u insonga aytgan 500 dollar pulini berishim kerakmidi. U inson meni Allohga havola qilgani uchun yana shu holatga tushgan bolishim mumkinmidi. Javob uchun oldindan minnatdorchilik bildiraman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Berishingizga hojat yo‘q edi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 07:11 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Berishingizga hojat yo‘q edi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 07:11 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar