Zino va ish

Assalomu alaykum! Imloviy xato uchun kechiring, uzb yaxshi bilmayman. Menga erdam bersangiz iltimos. Men islomiy bo‘lmagan, dindan yirok, ruslashgan oilada tugilganman. Turmushga chikmaganman, 3 yil oldin ishga kirganimda, boshligim bilan bir-birimizni ektirdik. Ular diniy, yaxshi, islomiy odam edilar. Menga dinni tanitdilar. Xijobli kiz olishlarini aytgandilar, men tuydan keyin uralmokchiligimni bildirgandim chunki ota-onam karshi bolishardi. Meni majburlamasliklarini suragandim, uzimga kuyib berishni suradim. Bir ilojini kilamiz dep, ikki yilcha vaktimni oldilar, gaplaship yurdik bir yilcha. Bu vakt ichida zino kilishga xam afsuski ulgurdik, lekin katta zinogacha bormadik. Tovba kilib, yigishtirdik. Orada kup gaplar buldi, sovchi kuyganlarida uydagilarim karshi bulishdi, ora buzildi, kup urshardik. Lekin zinoni dep, men boshka sovchilarga rad javobini beraverdim. Ular bilan nikoxlanib, bu zinoni yuvmokchi edim. Ishonchim komil edi, birga bulishimizga. Namozlarimda doim duo kilardim. Lekin Alloxni irodasi bilan elimiz ayrildi. Ular meni ishontirib, vadalar berib, oxirida boshka kizga, xijobga kunganiga uylandilar. Meni xamma narsada ayblab, tashlab kettilar. Baxonalari takdir, istixora ukib shu kiz bilan bulib ketipti. 8 oy buldi uylanganlariga, men esa xaliyam uzimga kelolmayapman. Men bilan kilingan zino xech narsa emas ekan, ular uzlarini tiyib turganman, oxirgacham bormaganman, bola bulmadi, vijdonim toza dedilar. Xech kim sanga ishonmaydi, isboting yok dedilar. Oxirotda xali Alloxni soyasida turamiz deydilar, uzimizni tiyganga. Tuylarini xam savob bilan boshladilar, etimlarni chakirib osh va nikox bazmiga. Xozir yaxshi yashayaptilar, baxtlilar, xech narsa bulmaganday. Senga uylagganimda emon bulardi, ajrashib ketardik deydilar. Sani baxtsiz kildim, endi xotinimni baxtli kilaman deydilar. Savolim: 1) Men kanday bu zinodan kutilsam buladi? Allox kechiradimi? Yuragim juda gaj. 2) zino deb turmushga chikishni xoxlamayapman, bu tugrimi? Uzimni kir xis kilyapman. Bulajak erimni uylasam vijdonim kiynaladi. 3) ish xonada utmishni gapiramiz, kuz zinosi buladi yana, xazillar, urshadigan paytlar xam buladi bazan. Ularni kechirolmaetganligim tufayli kup tarbiyasizlik kilaman, shaxsiy tuygularimni aralashtirib, subordinatsiyani ekotaman. Ular ishdan ketmaydilar, men ketsam tugri buladimi? Eki xech narsa bulmaganday, unutib ishlayveraymi? Kulimdan kelmayapti bu, lekin ishdan xam ketolmayman. Ular bilan umuman garlashishni, karashni xoxlamayman lekin majburman boshlik bolganlariga. Gaplashsak, chna mavzu ochilaveradi. Aellarini uylasam galati bulaman, vijdonim kiynaladi. 4) iymonimni kanaka mustaxkam kilsam buladi? Namoz ukiyman 5 maxal, arabcha urganyapman, uralish niyatida yuribman. Uzimdan kurkaman, soxtalik emasmi? Amallarim Alloxni debmi eki ularga nimadir isbotlashmi dep. Bazan xafa bulib ketaman xammasidan, Allox meni yaxshi kurmaydi, jazolaydi, shunaka diniy insonga meni ravo kurmadi dep uylayman. Xaelimda goe ular yaxshi, takvador, insofli odam. Men bulsam emon. Lekin diniy inson bunaka birovga zien va jaroxat bermasdi, tugrimi? Ularni kanday kechirsam buladi? Unutishni xoxlardim barchasini, Alloxga soldim deymanu lekin fakat xaelimda xammasi. Xudoga iltijo kilaman xaetimdan, yuragimdan, xaelimdan olib tashlashiga. Birovni eri, balkim otasidir xam. Uzimdan uzim jirkanib ketaman bazan. Kanday bu xolatdan chiksa buladi? Iroda va kuchim sunib boryapti. Sen Alloxga isen kilmasdan, takdirga kungin deydilar. Ularga oson aytish, na afsus bor ularda na uyat men bilan kilgan ishlariga. Orada kargadim xam ularni, kunglimni ogritganlariga lekin keyin tovba kildim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Allohning rahmatidan noumid bo‘lmang. Nasuh tavba qilsangiz albatta afv qiladi.2). Tavba va istig‘forni ko‘paytiring. Allohdan xayrilisini so‘rang, siz uchun munosib tarafdan sovchi kelsa rozilik bering.3). Ayollar xilqatiga ko‘ra o‘ta ta’sirchan va his-tuyg‘ularga berilgan bo‘lishadi. Siz u bilan bir korxonada xotirjam ishlay olmasangiz vaqtingiz va sog‘lig‘ingizni zoe’ qilmasdan u ishdan bo‘shang.4). Alloh taolo harom qilgan ishlarni so‘zsiz tark qiling. Buyurganlarini so‘zsiz bajaring. Havoi nafsingizga engilib bunga xilof qilib qo‘ymang. Iymonni quvvatli qiluvchi narsa bu Allohga itoatdir. Vallohu a’lam!

6 Avgust 2022, 13:22 | Savol-javoblar | 207 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar