Qalam qissasi

Assalomu alaykum! Qalamga Alloh taola La ilaxa illoloh Muhammadur rasululloh deb nido qilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: عَنْ أَبِي حَفْصَةَ قَالَ: قَالَ عُبَادَةُ بْنُ الصَّامِتِ لِابْنِهِ: يَا بُنَيَّ إِنَّكَ لَنْ تَجِدَ طَعْمَ حَقِيقَةِ الْإِيمَانِ حَتَّى تَعْلَمَ أَنَّ مَا أَصَابَكَ لَمْ يَكُنْ لِيُخْطِئَكَ، وَمَا أَخْطَأَكَ لَمْ يَكُنْ لِيُصِيبَكَ، سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: إِنَّ أَوَّلَ مَا خَلَقَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ الْقَلَمُ، فَقَالَ لَهُ: اكْتُبْ، قَالَ: رَبِّ وَمَاذَا أَكْتُبُ؟ قَالَ: اكْتُبْ مَقَادِيرَ كُلِّ شَيْءٍ حَتَّى تَقُومَ السَّاعَةُ». يَا بُنَيَّ إِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «مَنْ مَاتَ عَلَى غَيْرِ هَذَا فَلَيْسَ مِنِّي  Abu Hafsadan rivoyat qilinadi:
«Uboda ibn Somit o‘g‘liga shunday dedi: «Bolajonim! Senga etgan narsa senga yozilganini, senga etmagan narsa senga yozilmaganini anglamaguningcha iymonning halovatini topa olmaysan. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Alloh eng avval Qalamni yaratib, unga «Yoz!» deb buyurdi. U «Yo Robbim, nimani yozay?» dedi. U Zot: «Har bir narsaning Qiyomat qoim bo‘lgunicha bo‘ladigan taqdirini yoz» dedi», deganlarini eshitganman. Bolajonim! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kimki shundan boshqa e’tiqodda vafot etsa, u mendan emas», deganlarini eshitganman».
Abu Dovud rivoyati. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 07:55 | Savol-javoblar | 155 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar