Nomozga uxlab qolish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men hozirda Rossiyadaman. Bu erning vaqti bilan xufton vaqti 23:46da kiradi, bomdod esa 2:48da kiradi. Men shu kunlarda xufton nomoziga tursam bomdod nomoziga tura olmayapman. Bu holat ba’zida bo‘lib qolyapti, shunga menga maslahat beringlar nima qilsam yoki qaysi oyatni o‘qib yotsam uxlab qolmayman? 2). Agar yana uxlab qolsam bomdad qazosini qachon o‘qishim kerak? Bugun tursam quyosh chiqishiga 9 minut qolibdi, taxorat olgunimcha 1 daqiqa qoldi. Shu vaqtda nima qilishim kerak? 3). Payg‘ambarimizda shunday manoda xadis kelganmi yani : kim nomozni esidan chiqarsa yoki uxlab qolsa eslagan vaqtida yoki uyqudan turgan vaqtidayoq nomozini o‘qib olsin chunki uni vaqti shudir. Shu xadis saxixmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Niyat qilib Oyatul Kursiyni o‘qib yoting.
2). Quyosh chiqqanidan keyin o‘qiysiz.
3). Ha, shunday hadis bor. Lekin bizning mazhabimizda quyosh chiqayotgan vaqtda kutib turib, chiqqanidan keyin namoz o‘qilsa shu hadisga amal qilgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:24 | Savol-javoblar | 191 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar