Hurmati musoharat xususida

Assalomu alaykum! Uzr, ushbu saytdan ko‘p qidirib topolmadim. Bu juda dolzarb masala nazarimda. Hurmati musoharat xususida. Manba:
https://fiqh.uz/index.php/fiqh-uz/dolzarb-mavzu/652-urmati-musokharat
Agar qaynota (hozirgi kunimizda bunaqa buzuq insonlar ko‘p) keliniga shahvat nazari bilan qarasa, unga zino yo‘llarini qidirib  tegajoqlik qilmoqchi bo‘lsa, kelin buni ixtiyor qilmay, o‘zini pokiza tutib,  bu masalani eriga o‘z vaqtida ma’lum qiladi. Eri ayoli va farzandlarini shu zahoti olib, bu xonadondan bosh olib ketsa, shu holatda ham ayol o‘z eriga harom bo‘lib qoladimi?  Axir bu masalada ayb otadaku. Bugungi kunimizda ming afsuslar bo‘lsinkim, bunaqa holatlar ko‘p uchraydi. Iltimos ushbu masalani yaxshilab yoritib bering, toki hamma ogoh bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunda ayb otadagina emas, balki shu holatgacha beparvo bo‘lgan farzand va kelinda hamdir. Agar kelinlar yopiq kiyimda bo‘lib, ota shu ishni qilganida kiyim ustidan ushlashi nikohga ta’sir qilmasdi. Siz keltirgan manbaadagi masala hanafiy mazhabining eng mo‘tabar fatvolaridan olingandir. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 11:26 | Savol-javoblar | 188 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar