Namozdan keyin Qur’on o‘qish

Assalomu alaykum! Man anchadan beri namozga juda beparvo edim. Yaqinda to‘liq 5 mahal o‘qishni boshladim. Iloji boricha namoz vaqti kirishi bilan borib o‘qimoqdaman. Qur’on ham o‘qishni boshlaganman. 1 kunda 5 mahal namoz bo‘lsa har bir namozdan keyin qanaqa suralani o‘qish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Asosiysi namoz. Qolgani ixtiyoriy. Har namozdan keyin Qur’on o‘qish shart degan gap ham yo‘q. Shoshilayotgan yoki ishi bor insonlar namozdan keyin bemalol o‘z ishlarida davom etaveradilar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:10 | Savol-javoblar | 153 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar