Dadam bilan muammo

Assalomu alaykum! Dadamga diniy masalada gapirsam darxol jaxli chiqadi, xech qachon mazza qilib dinimiz xaqida u yoki bu narsada ilm orttirish, dunyo qarashimizni kengaytirish uchun dindan gaplasholmayman. Namoz o‘qing deb aytganman, lekin kimni gapidan tasirlangan bilmayman albatta bir necha kun o‘qidi keyin o‘qimay qo‘ydi, yana takror namoz o‘qing deb aytolmayman, boshqasini xam. Aytsam namoz o‘qimasang xam bo‘laveradi kabi gaplar aytishidan qo‘rqaman. Shunday insonga nasixat qilmay yursam menga gunoxmi? Baribir meni gapimni gap demaydi. Dadam meni shu kunga qadar moddiy tarafdan xecham kam qilmasdan taminlab kelayabdi. Albatta buni oqlashim kerak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz gapirish o‘rniga dadangiz ko‘p o‘tiradigan va ko‘zi tushadigan joylarga ta’sirchan kitoblarni olib kelib qo‘ying. Xuddi o‘zi o‘qib bilib olgandek bo‘lib olsin. Orqasidan doim duo ham qilib turing. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 10:29 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar