Va’dam sabab aytmasam gunohkor bo‘lmaymanmi?
Assalomu alaykum! 1) Menga bir yigit sovchi qo‘ygan edi. Men unga uydagilar rozi bo‘lsalar qarshi emasligimni aytgan edim. Uning nikohida bir ayoli bor ekan. U ayol bizni uyimizga kelganida uyda dadamlar bor edilar. Dadamlarga bor gapni aytgan va dadamlar meni u bolaga hech narsa demaslik sharti bilan o‘sha ayol bilan uchrashtirib haquqatni eshit dedilar va dadam rozi bo‘lmadilar deb ayt dedilar. Gap shundaki u ayolning aytishicha eri unga agar menga nikohlari haqida nimadir aytsa uchtaloq qilishini aytgan ekan. U ayol bu ishni qildi. Bilishimcha ularni o‘rtasiga taloq tushgan. Ular uchun zinoga yo‘l ochilgan bo‘lsayu u bola mendan haqiqatni so‘rasa men dadamlarga bergan vadam sabab aytmasam ular zino qilishsa sherik bo‘lib qolmaymanmi? Iltimos menga maslahat beringlar. Rostini ayting deb so‘ragandayam men aytmadim. Qiyomatda ularni gunohlariga sherik bo‘lib qolishdan qo‘rqaman. Alloh rozi bo‘lsin sizlardan. 2) yaqinda teri kasalligi sabab shifokor menga kunda 2 marta dizinfeksiyalab kn badanimni hamma joyiga maz surishni buyurdi. Dizinfeksiya vositalarida odatda spirt bo‘ladi. Bir hafta yuvinmasligimni ham aytgan. Hamma joyimga spirt tekkani holatda tahorat qilib namoz o‘qishim qanchalik to‘g‘ri? Men nima qilay? Namozlarim nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). "Uch taloq qilaman" deyish bilan taloq tushmagan. 2). Spirt najosat emas, namozga monelik qilmaydi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 21:40 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). "Uch taloq qilaman" deyish bilan taloq tushmagan. 2). Spirt najosat emas, namozga monelik qilmaydi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 21:40 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar