Ishdagi vaqt
Assalomu alaykum! Men bir xizmat ko‘rsatish firmasida ishlayman. Alxamdulillax ko‘pchilik namoz o‘qiydi. Mabodo men imomlikka o‘tsam iloji boricha xadisga muvofiq namozni engil o‘qib beraman (ya’ni kichik suralarni tajvid bilan o‘qib, ruknlarni xotirjam bajargan xolda). Bundan tashqari namozdan keyingi zikrlar (Oyatal Kursiy, 33 marta aytiladigan tasbex, xamd, takbir va salovotlarni ko‘pincha aytmayman. Ya’ni oxirgi rakatdan keyin umumiy qisqa duo qilib turaman. Boshqa birov imomlikka o‘tgandayam shunaka engil qilib o‘qib ber deyishim to‘g‘rimi? Chunki yuqorida yozganlarimdan tashqari ishxonadagi ish vaqtimizni raxbarimiz bizdan sotib olgan. Shu vaqtda qilgan ishimizga xaq to‘laydi. Ya’ni ishni qilishimiz biz uchun vojib-farz. Shuning uchun imomlikka o‘tgan insonga "namozdan keyingi zikrlarni keyin o‘zing bemalol qilaverasan" deyishim to‘g‘rimi? Shunchalik farz namozlarni o‘qishimizga sharoit qilib berganiga shukr qilib qolgan vaqt ishni qilganimiz to‘g‘riroq degan xulosa qildim. Ya’ni vojib ish turganda sunnatlarni uyda bemalol qilgan yaxshi deb o‘yladim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sunnat zikrlarini o‘tirib olib qlish shart emas. Turib ketib har kim alohida qilsa ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 11:02 | Savol-javoblar | 167 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sunnat zikrlarini o‘tirib olib qlish shart emas. Turib ketib har kim alohida qilsa ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 11:02 | Savol-javoblar | 167 | Moliya va tijorat