Pivo sotiladigan firmada ishlash
Assalomu alaykum! Men pivo maxsulotlarini sotadigan firmada kassada ishlayman. Qiladigan ishim faqat xisob-kitob. Shu joyda ishlashim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyidagi hadisdan xulosa chiqaring. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْخَمْرِ عَشْرَةً: عَاصِرَهَا، وَمُعْتَصِرَهَا، وَشَارِبَهَا، وَحَامِلَهَا، وَالْمَحْمُولَةَ إِلَيْهِ، وَسَاقِيَهَا، وَبَائِعَهَا، وَآكِلَ ثَمَنِهَا، وَالْمُشْتَرِيَ لَهَا، وَالْمُشْتَرَى لَهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xamr(aroq)da o‘n(kishi)ni la’natladilar: uni siquvchisini, siqishni buyurganni, ichuvchisini, hammolini, ko‘tartirib yuruvchisini, quyib beruvchisini, sotuvchisini, bahosini eyuvchisini, sotib oluvchisini va sotib olib kelib beruvchisini».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlarida mast qiluvchi narsa xamr deb atalib, u asosan uzum va xurmoni siqib olinadigan ichimlikdan iborat bo‘lgan. Undan boshqa yana uchta narsa ham bor edi, lekin ulardan kam holatlarda xamr olinar edi. Keyinchalik mast qiluvchi narsalarning turi ham, ismi ham ko‘payib ketdi. Ammo baribir turi va ismidan qat’i nazar, ularning hammasi xamr hukmini olaveradi. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam «Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir va u haromdir», deganlar.
Shuning uchun hozirgi kundagi barcha mast, kayf qiluvchi narsalar xamr hisoblanib, ular ichiladimi, chekiladimi, hidlanadimi, igna bilan yuboriladimi, farqi yo‘q. Aroqmi, viskimi, morfimi, nashami, geroinmi, qoradorimi, bularning hammasi harom. Hammasi uchun o‘n toifa odam Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tillaridan la’natga uchraydi, Allohning rahmatidan quviladi. Keling, ana shu o‘nta badbaxt toifa bilan tanishib chiqaylik:
1. Siquvchi.
O‘sha vaqtda xamr siqib tayyorlangani uchun shunday deyilgan. Bu so‘z bugungi kunimiz tilida tayyorlovchi deyiladi. Demak, mast qiluvchi ichimlik va moddalarni tayyorlovchilar Allohning la’natiga uchraydilar. Ular uchun bu dunyodagi barcha tuzumlarning la’nati, qamog‘i, turli jazolari etarli emas. Oxiratda Alloh taolo ularni do‘zaxga ham soladi.
2. Siqishni buyurganni.
Bu toifa birinchi toifadan ham yomondir. Chunki birinchi toifani ishga soladigan ham shu toifadir. Insonlar uchun zararli bo‘lgan turli mast qiluvchi ichimliklar va turli sarxush qiluvchi moddalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yuvchilar shulardir. Bularga ham Allohning la’nati bo‘ladi. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun buyruq berganlar ham shular qatoridadir.
3. Ichuvchisini.
Eng asosiy aybdor toifa shu toifadir. Qolgan to‘qqiz toifa ham shu toifa uchun, ushbu ma’lum toifaning pulini olish uchun harakat qiladi.
4. Hammolini.
Mazkur harom narsaga hammollik qiluvchi kishi ham Allohning la’natiga sazovordir. Xom ashyoni tayyorlash, joyiga olib borishda hammollik qiladimi yoki tayyorlash joyidami, sotish joyidami yoki sotish joyidan iste’mol joyiga tashishdami, baribir. Hozirgi kunda butun dunyo qarshi kurashayotganiga qaramay, la’nati hammollarning faoliyati tufayli qoradori va unga o‘xshash harom narsalar butun dunyo bo‘ylab keng tarqalmoqda. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ularni behuda la’natlamagan ekanlar.
5. Ko‘tartiruvchisini.
Aroq va uning hukmidagi harom narsalarning hammollarini ishga soluvchi, ularga pul berib ishlatuvchi ham Alloh taoloning la’natiga uchraydi.
6. Quyib beruvchisini.
Bu ham xamr va uning hukmidagi narsalar ravnaqi uchun xizmatdir. Shuning uchun bu ishni qiluvchi odam ham la’natga uchraydi.
7. Sotuvchisini.
Xamr va xamr hukmidagi barcha narsalarni sotuvchilarning hammasi ham Allohning la’natiga duchor bo‘ladilar. Alloh taolo harom qilgan narsani sotgandan keyin boshqa narsa bo‘lishi ham mumkin emas.
Hozirgi kunimizda mast qiluvchi ichimliklarni, giyohvand moddalarni sotuvchilar insoniyatga qanchalar zarar keltirishlari yana ham yaqqol namoyon bo‘lib turibdi. Insonlar chiqargan qonunlar qonun chiqaruvchilarga zarar keltirmaydigan narsani sotganlarni jazolamaydi. Misol uchun, hozir faqat giyohvand moddalarni sotadigan qochoq savdogargina jazoga tortiladi. Kelajakda bu moddalarni ham mast qiluvchi ichimliklar kabi qonunlashtirib olishlari hech gap emas. Ilohiy qonunlar esa insoniyatga zarar etkazuvchi har bir narsani sotganni jazoga loyiq deb topadi. Bu holni yaxshi tushunmog‘imiz lozim.
8. Bahosini eyuvchisini.
Xamr va xamr hukmidagi barcha mast qiluvchi narsalarning bahosini egan kishi kim bo‘lishidan, qaysi yo‘l bilan eyishidan qat’i nazar, Alloh taoloning la’natiga sazovordir. Bunday harom narsaning bahosini egan odam, darhaqiqat, shunga munosibdir.
9. Sotib oluvchisini.
Xamr va uning hukmidagi harom, mast qiluvchi narsalarni sotib oluvchi, o‘zi ularni iste’mol qiladimi-yo‘qmi, baribir gunohkordir. Ularni sotib olish o‘sha harom narsalarning rivojiga hissa qo‘shmoqdir. Bu esa Allohning la’natiga sabab bo‘luvchi ishdir.
10. Sotdiruvchisini.
Mazkur mast qiluvchi narsalarni bevosita sotmasa ham uni sotdiruvchi kishilar Allohning la’natiga qoladi.
Ko‘rinib turibdiki, xamr va uning hukmidagi barcha mast qiluvchi ichimlik va moddalarning yaqiniga borish ham mo‘min-musulmon odam uchun umuman to‘g‘ri kelmaydi.
Shu ma’nodagi ishlarni o‘ziga kasb qilib olgan yoki goh-gohida bo‘lsa ham aralashib turadigan kishilar darhol o‘zlarini bu narsalardan chetga olishlari lozim. Aks holda, Allohning la’natiga qoladilar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
8 May 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 176 | Dolzarb savollar