Gapdagi o‘rnini sotish

Assalomu alaykum! Men og‘aynilarim bilan gap o‘ynaganimda qur’a tashlangan men birinchi bo‘p oladigan bo‘ldim ammo do‘stim mendan o‘rnimmi sotishimni yani u birinchi bo‘lib oladi lekin men uni galida pul bermayman, ammo u menikida beradi. Unga o‘rnimmi sotdim xisob. Bu sotishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kishi o‘zining navbatidan kechishi joiz, ammo sotib birovga berishi joiz emas. Chunki navbat mulk emaski birovga berilsa. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 05:52 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar