Birovni gunohini bo‘yniga olish

Assalomu alaykum! Bir inson menga bir gunoh ishni qilishni aytsada gunohi mening bo‘ynimda (yoki meniki) desa, o‘sha aytilgan gunoh ishni qilsam gunohkor bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shak-shubhasiz gunohkor bo‘lasiz. Bunday bo‘lishi mumkin emas. Qilingan ishning gunohini birov o‘ziga olishi qilgan kishini o‘sha gunohdan ozod qilmaydi. Qilgan kishi baribir gunohkor bo‘ladi. “Gunoh menga” degan kishi ham aytgani gapiga yarasha jazo oladi. Alloh taolo “An’om” surasi 164-oyatida marhamat qiladi :قُلْ أَغَيْرَ اللّهِ أَبْغِي رَبًّا وَهُوَ رَبُّ كُلِّ شَيْءٍ وَلاَ تَكْسِبُ كُلُّ نَفْسٍ إِلاَّ عَلَيْهَا وَلاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَى ثُمَّ إِلَى رَبِّكُم مَّرْجِعُكُمْ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ۝...Hech bir yukli(gunohkor) jon boshqaning yuki(gunohi)ni ko‘tarmas(zimmasiga ololmaydi). So‘ngra qaytishingiz Robbingizgadir. Bas, U sizlarga ixtilof qilgan narsalaringizning xabarini berur. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

18 Noyabr 2023, 12:16 | Savol-javoblar | 0 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar