O‘qigan namozlarim qazo bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Alhamdulillah 2 yildan beri namoz o‘qiyman, savolim shuki, Nas surasining “Minal jinnati vannas” oyatidagi “jinnati” so‘zini “jannati” deb aytib yurgan ekanman. Ma’nosiga qarasam o‘zgarib ketar ekan. Shuncha o‘qigan namozim nima bo‘ladi endi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Jannatdagi vasvasa qiluvchidan panoh so‘rayman” degan ma’no chiqib qoladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 12:41 | Savol-javoblar | 190 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar