Muxtojlarga qilingan yordam zakotga o‘tadimi

Assalomu alaykum! Mening 2 ta xovli uyim bor. Birinchisida o‘zim yashayman, 2-sini qarindoshlardan, uy joyi yo‘q, umumiy 5 jondan iborat 2 ta yosh oilaga ijara xaqqisiz yashashiga, tekinga berganman. Moddiy qiynalgan, uyi yo‘q oilalar. Soliqlari va ba’zida komunal to‘lovlarini xam o‘zim to‘layman. Ijara xaqqi olmasligim o‘sha uy narxidan berishim kerak bo‘lgan zakotni o‘rnini bosadimi yoki berishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan to‘lovlar va olmagan ijara puli zakotga o‘tmaydi. Uyni sotish uchun yoki pulni band qilish uchun olgan bo‘lsangiz, uyni qiymatidan ham zakot berasiz. O‘zingiz yoki farzandlaringiz uchun olingan bo‘lsa, unga zakot berilmaydi. Zakotning shartlaridan biri faqir-miskinning qo‘liga mulk qilib berish. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 12:41 | Savol-javoblar | 173 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar