Kofirlar yurtida yashash
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar bir masalada biz ikkilanib qoldik. hozirda biz Amerikada yashaymiz bu erda judayam ko‘p o‘zbeklar yashashadi aksariyatimiz Green sard yutib kelganmiz. Biz bu erda Islom hukmlariga bemalol amal qila olamiz Alhamdulillah. farzandlarimizni ham islomiy maktablarga beramiz qizlarimiz alohida o‘g‘illarimiz alohida islomiy maktablarda o‘qishadi ayollarimiz ham hijobda bemalol ishlashlari mumkin. Bu erda o‘zbeklar ham ko‘p masjidlar ochishgan u erda ilm majlislari aqiqalar ehsonlar bo‘lib turadi. Zakotlarimizni ham beramiz Savolim shundan iboratki yaqinda " you tube" da Dr Zakir Naykni bir ma’ruzasini eshitdik unda aytildiki musulmon mamlakatdan kofirlar yurtiga ko‘chib o‘tmaslik kerak ekan ko‘chib kelganlar qaytishi kerak ekan shunga biz ikkilanib qoldik hozirda bizni shu holatimizda bu mamlakatda yashashda harajlik yo‘qmi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zakir Nayk nimani nazarda tutganlar bilmadik, o‘zlari ham tug‘ilganidan shu yoshlarigacha hindistonda yashaganlar. Shu 2-3 yil bo‘ldi musulmon davlatida yashamoqda. Ammo musulmon odam g‘ayridin mamlakatlarda diniga muvofiq yashashga imkon topilsa, yashashi joiz. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 04:16 | Savol-javoblar | 178 | Dolzarb savollar