Hurlar haqida hadis

Assalomu alaykum! Bir xadisni o‘qib qoldim. Unda; Hurlar eringizga qilayotgan muomalangizni kuzatib boradi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: "Ayol eriga bu dunyoda ozor bermasin. Aks holda hur iynlardan bo‘lgan ayoli shunday deydi: Alloh jazolagur, unga ozor berma! U huzuringda mehmon, yaqinda sendan ajrab bizga keladi". Shu xadis saxixmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hasan va dalillikka yaraydigan hadis. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تُؤْذِي امْرَأَةٌ زَوْجَهَا فِي الدُّنْيَا إِلَّا قَالَتْ زَوْجَتُهُ مِنَ الْحُورِ الْعِينِ: لَا تُؤْذِيهِ قَاتَلَكِ اللهُ، فَإِنَّمَا هُوَ عِنْدَكَ دَخِيلٌ يُوشِكُ أَنْ يُفَارِقَكِ إِلَيْنَا. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَحَسَّنَهُ  Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qay bir xotin bu dunyoda eriga ozor bersa, albatta, uning «huri iyn»dan bo‘lgan xotini «Unga ozor berma! Alloh seni halok qilsin! U sening oldingda qo‘noq bo‘lib turibdi, xolos. Yaqinda seni tark etib, biz tomon jo‘naydi», deydilar», deganlar».
Termiziy rivoyat qilgan va hasan, degan. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 13:02 | Savol-javoblar | 201 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar