Stipendiyam kimga tegishli?

Assalomu alaykum! Men chet elda o‘qiyman. Turmush o‘rtog‘im qarz olib meni o‘qishga olib kirganlar. Qarzimizdan qutulgunga qadar har oylik stipendiyamni ularga berardim (500$ oyiga). Qarzimizdan qutilib oldik Alhamdulillah. Endi turmush o‘rtog‘imga stipendiyamni ularga bermaslikni, o‘rniga qizim uchun va uyimiz uchun narsalar sotib olmoqchiligimni aytdim. Lekin erim menga stipendiyam ularga tegishli ekanini va unda meni haqqim yo‘q ekanligini aytdilar. Endi men stipendiyamni o‘z hohishimcha ishlata olmayapman. Men stipendiyamni ularga berishga diniy tomonlama majburmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida sitpendiyangiz sizni haqingiz. Ersiz qolmay desangiz kelishishga majbursiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 13:02 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar