Hazrati Ali haqlarida hadis
Assalomu alaykum! Yaqinlarimdan, Payg‘ambarimz alayhissalom: "Men ilmning shahriman Ali uning darvozasi" mazmunidagi hadisni eshitib, sahih deb ko‘p do‘stlarimga aytganman. Yaqinda bir imom ushbu hadisni shialar hazrati Ali r.a ulug‘lash maqsadida to‘qib chiqarishgan deb aytganini internetda mr3 orqali eshitib o‘ylanib qoldim. Iltimos ushbu hadis haqida ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aliy roziyallohu anhu jannat bashorat berilgan o‘nta sahobaning birlari. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kuyovlari. Birinchi bo‘lib Islom keltirganlardan. Jannat yigitlarining sayyidining otasi. Sayyidimiz Aliy roziyallohu anhuning fazilatlari beqiyos, dinga qilgan xizmatlarini cheki yo‘q. Shunday bo‘lsada siz aytgan hadis to‘g‘risida ulamolarimiz sahih emas deganlar. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 13:13 | Savol-javoblar | 175 | Hadislar