Kola va Pepsi ichasizmi?

Hazrat, mana shu saytdagi muxlislaringiz orasida men Sizga nihoyat darajada muhabbatli muxlislaringizdan biriman, buni Alloh biladi. Shu saytda kimdir Sizga Pepsi tarkibi borasida savol bergan ekan...So‘ng men ingliz tilidagi maqolalardan birini o‘qib ko‘rdim va odamlar turli fikrlarda ekanligi ma’lum bo‘ldi menga. Qadimda olimlardan bir narsani xarommi yo‘qmi, deb so‘rashsa va agar u olimda kuchli dalil bo‘lmasa, men shuni qilmayman, deb javob berarkan.Umuman aytingchi, Siz o‘zingiz Kola yoki Pepsi ichib turasizmi? Yoki shu maqomga erishganingizdan so‘ng biror marta mazkur ichimliklarni ichganmisiz? Ishoning, men Sizga xolis savol berayapman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Juda kam ichadigan bo‘lganman.

1 May 2022, 03:46 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar