Qasam ichish haqida

Assalamu alaykum! Payg‘ambarimizni "kimki Allohdan o‘zgaga qasam ichsa shirk qiladi va kofir bo‘ladi". Yani Allohga qasam deb aytish kerak ekan to‘g‘rimi? Xarbiy qasamyod qilish videolarida "vijdonim, or-nomusim va shanimni o‘rtaga qo‘yib" degan joyi bor ekan. Shu joyida shirk bo‘lib qomidimi? "Vatanimga xizmat kilishga qasamyod qilaman" deyilvotti, lekin "Allohga qasamyod qilaman" demayabti. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vijdonim va or-nomusimni o‘rtaga qo‘yib deb emas ximoya qilish uchun qasam ichaman desa shirk bo‘lmaydi. U erda Allohdan boshqasiga ham qasam ichgani yo‘q. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 13:57 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar