Iftorlikni kechiktirsa
Assalomu alaykum! Bir kursdoshim Saodat asri qissalarida bir sahobani iftor vaqti uxlab qolgani, vaqti o‘tib ketgani va ayoli "Eh, bekor uxlabdi endi kechagi saharlik bilan ertangi ro‘zasini ham tutishi kerak" degan gapni o‘qiganligi haqida aytdi. Agar inson rostdan ham shunday holatga tushsa, iftorlik qilmay keyingi kunga ulab yuborishi kerakmi? Shu haqida biroz ma’lumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: عَنِ الْبَرَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ أَصْحَابُ مُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا كَانَ الرَّجُلُ صَائِمًا فَحَضَرَ الْإِفْطَارُ فَنَامَ قَبْلَ أَنْ يُفْطِرَ لَمْ يَأْكُلْ لَيْلَتَهُ وَلَا يَوْمَهُ حَتَّى يُمْسِيَ، وَإِنَّ قَيْسَ بْنَ صِرْمَةَ كَانَ صَائِمًا، فَلَمَّا حَضَرَ الْإِفْطَارُ أَتَى امْرَأَتَهُ فَقَالَ لَهَا: أَعِنْدَكِ طَعَامٌ؟ قَالَتْ: لَا وَلَكِنْ أَنْطَلِقُ فَأَطْلُبُ لَكَ. وَكَانَ يَوْمَهُ يَعْمَلُ فَغَلَبَتْهُ عَيْنَاهُ، فَجَاءَتِ امْرَأَتُهُ فَلَمَّا رَأَتْهُ قَالَتْ: خَيْبَةً لَكَ. فَلَمَّا انْتَصَفَ النَّهَارُ غُشِيَ عَلَيْهِ، فَذُكِرَ ذَلِكَ لِلنَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَنَزَلَتْ هَذِهِ الْآيَةُ - أُحِلَّ لَكُمْ لَيْلَةَ الصِّيَامِ الرَّفَثُ إِلَى نِسَآئِكُمْ - فَفَرِحُوا بِهَا فَرَحًا شَدِيدًا، وَنَزَلَتْ - وَكُلُواْ وَاشْرَبُواْ حَتَّى يَتَبَيَّنَ لَكُمُ الْخَيْطُ الأَبْيَضُ مِنَ الْخَيْطِ الأَسْوَدِ-. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. وَفِي رِوَايَةٍ: كَانَ النَّاسُ عَلَى عَهْدِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا صَلَّوُا الْعَتَمَةَ حَرُمَ عَلَيْهِمُ الطَّعَامُ وَالشَّرَابُ وَالنِّسَاءُ، وَصَامُوا إِلَى الْقَابِلَةِ، فَاخْتَانَ رَجُلٌ نَفْسَهُ فَجَامَعَ امْرَأَتَهُ وَقَدْ صَلَّى الْعِشَاءَ وَلَمْ يُفْطِرْ، فَأَرَادَ اللهُ أَنْ يَجْعَلَ ذَلِكَ يُسْرًا لِمَنْ بَقِيَ وَرُخْصَةً وَمَنْفَعَةً، فَقَالَ سُبْحَانَهُ: - عَلِمَ اللّهُ أَنَّكُمْ كُنتُمْ تَخْتانُونَ أَنفُسَكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ وَعَفَا عَنكُمْ - الْآيَةَ Baro roziyallohu anhudan rivoyat:
«Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan qachon bir kishi ro‘zador bo‘lsayu iftor vaqtida iftor qilmay uxlab qolsa, o‘sha kechasi va ertasiga kunduzi, to kech kirmaguncha taom emas edi. Qays ibn Sirma ro‘zador edi. Iftor bo‘lganda xotinini oldiga kelib, «taoming bormi?» dedi. Xotini: «Yo‘q. Lekin borib senga taom keltiraman», dedi.
U kunduzi ishlar edi. Ko‘zi ilinib uxlab qoldi. Xotini qaytib kelib, uni ko‘rib, sho‘ring qurisin, dedi. Ertasiga kun yarimlaganda hushidan ketib yiqildi. Bu narsa Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga zikr qilindi va ushbu oyat nozil bo‘ldi:
«Sizlarga Ro‘za kechasida ayollaringizga yaqinlik qilish halol qilindi...».
Buning uchun juda ham xursand bo‘ldilar.
Shuningdek: «Va to oq ip qora ipdan ajraguncha eb-ichinglar» ham nozil bo‘ldi». Buxoriy, Abu Dovud va Nasa’iy rivoyat qilganlar.
Boshqa rivoyatda esa: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning davrlarida Xuftonni o‘qiganlaridan keyin odamlarga taom, sharob va ayollar harom bo‘lar edi va yanagi kechaga ro‘za tutar edilar. Shunda, bir kishi o‘z nafsiga xiyonat qildi. Xuftonni o‘qib bo‘lib, iftor qilmay turib, xotiniga yaqinlik qildi. So‘ngra Alloh o‘shani qolganlarga oson, ruxsatli va manfaatli qilishni iroda etdi. Ul pok zot:
«Alloh, albatta, siz o‘z nafsingizga xiyonat qilishingizni bildi. Bas, U sizlarni kechirdi va afv qildi...» oyatini oxirigacha tushirdi».
Sharh: Ushbu ikki rivoyatda dastlab ro‘za farz bo‘lgan vaqtida hukmi hozirgidan boshqacharoq ekani, o‘ziga yarasha qoidalari borligi haqida so‘z ketmoqda. O‘sha dastlabki qoidalarga binoan iftor vaqti quyosh botgandan to xufton namozi vaqti kirguncha bo‘lgan, xolos. Agar o‘sha vaqt ichida iftor qilib olinmasa, undan keyin yanagi iftor vaqti kelmaguncha eb-ichishga ruxsat bo‘lmagan.
Shuningdek, ro‘za paytida kechasi ham eru xotin jinsiy yaqinlik qilishlariga ruxsat bo‘lmagan. Bu o‘ziga xos tarbiya usuli bo‘lib, Alloh taolo musulmonlarga xohlagan shaklda ro‘za ibodatini amr qilishi mumkinligini, lekin eng oson va foydali yo‘lini ixtiyor etayotganini tajribada ko‘rsatgan.
Albatta, yuqorida zikr qilinganidek, iftor vaqti faqat Shom bilan Xufton orasida bo‘lishi va Ro‘za kechasida jinsiy aloqalarni man qilinishi o‘ziga yarasha qiyinchiliklar tug‘dirishi turgan gap.
Shunday bo‘ldi ham. Musulmonlar hayotida bu ikki masalada ham ibrat oladigan voqealar bo‘lib o‘tdi. Ana shundan keyingina Alloh taolo Ro‘za tutish bo‘yicha bir oz qiyin bo‘lgan hukmlarni bekor qilib, bandalarga engillik yaratdi. Bunga esa musulmonlar hayotida o‘tgan ikki hodisa sabab bo‘ldi.
Birinchi hodisa Madina ahlidan bo‘lgan, ansoriy sahoba Qays ibn Sirma roziyallohu anhu bilan kechdi. U kishining xurmo bog‘lari bor edi. Qays roziyallohu anhu kun bo‘yi o‘sha bog‘da mehnat qilar edilar. Bir kuni ro‘za tutgan hollarida kechgacha bog‘da ishladilar. Iftor yaqin qolganda uyga kelib xotinlaridan iftor qilgudek taom bormi, yo‘qligini so‘radilar. Ayol tayyor taom yo‘qligini, lekin bir ozdan so‘ng keltirishini aytib, taom keltirgani chiqib ketdi. Kun bo‘yi bog‘da ishlab charchagan Qays ibn Sirma roziyallohu anhu uxlab qoldilar. Taom olib kelgan xotin erining uxlab yotganini ko‘rib, sho‘ring qursin, uxlab qolibsan-ku, dedi-da, rahmi kelib uyg‘otmadi. Shunday qilib, Xufton vaqti bo‘ldi. Qays roziyallohu anhu iftor qilish haqidan mahrum bo‘ldi. Ertalab yana boqqa ishlagani ketdi. Ikki kun qatorasiga, orada ovqat emay ro‘za tutib, bog‘da mehnat qilgan Qays ibn Sirma kun yarim bo‘lganda hushdan ketib yiqildilar.
Bu hodisa xabari darhol Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga etib bordi. O‘z-o‘zidan hammada savol paydo bo‘ldi. Ro‘zani ana shunday qiyinchilik bilan tutilaveradimi yoki boshqa biror o‘zgarish bo‘ladimi?
Javob esa Alloh taolo tomonidan keldi. U zot azza va jalla mo‘min-musulmon bandalariga lutfu karam ko‘rsatib, Ro‘za ibodatida ularga osonlik yaratdi. Ramazon ro‘zasi kechalarida ham xotinlarga jinsiy yaqinlik qilishga ruxsat berdi. Iftordan keyin esa, to tong otguncha taom va sharobga ruxsat berdi. Bu lutfu marhamatdan mo‘min-musulmonlar behad shod bo‘ldilar.
Ikkinchi hodisa qahramonining ismi rivoyatda ochiq aytilmagan. Ehtimol, u kishining hurmatlaridan shunday qilingan bo‘lsa kerak. Aslida esa, bu hodisa qahramoni kim ekanligi ham ma’lum va mashhur. Mazkur hodisa qahramoni hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhudirlar.
U kishi iftordan keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan gaplashib o‘tirib, so‘ngra uylariga kelganlar va xotinlariga birga bo‘lish istagini bildirganlar. Xotinlari esa, men uxlab turdim, deganlar. Ya’ni uxlamasam shariat hukmi bo‘yicha joiz edi, ammo men uxladim, endi shariat hukmi bo‘yicha menga yaqinlik qilishingiz mumkin emas, deganlari edi. Ammo hazrati Umar, uxlaganing yo‘q, dedilar-da yaqinlik qildilar. O‘zlari bilib turib, o‘z nafslariga xiyonat qildilar. So‘ngra afsus-nadomat qilib, borib hodisani Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga aytib berdilar. Ana shunda:
«Alloh, albatta, siz o‘z nafsingizga xiyonat qilishingizni bildi. Bas, u sizlarni kechirdi va avf qildi....» oyati oxirigacha nozil bo‘ldi.Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Ro‘za dastlab farz qilingan vaqtda iftor vaqti quyosh botgandan xufton vaqtigacha bo‘lgani.
2. Xufton vaqtigacha iftor qila olmay, jinsiy yaqinlik qila olmay uxlab qolgan kishiga yanagi iftor vaqti kelguncha taom, sharob va xotin harom bo‘lgan.
3. Keyin mazkur hukm nasx qilinib, quyosh botgandan to tong otguncha taom emoq, sharob ichmoq va jinsiy yaqinlik joiz bo‘lgan.
4. Hozir tutadigan ro‘zamiz juda ham oson turdagi ro‘za ekani. Agar Alloh xohlasa, qiyin qilib qo‘yishi ham mumkin ekanligi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:07 | Savol-javoblar | 166 | Ro‘za