Bemorni namozi

Assalomu alaykum! Onam 22-yanvar kuni oyog‘i quymuchidan sinib qoldi. Xozir bir joyda bo‘lib qolgan, o‘tira olmaydi. Faqat yotadi garshokka xam ko‘tarib o‘tqizamiz. Ayolim qog‘oz bilan avratlarini tozalab qo‘ya olayapti, qiyinchilik bilan xojat chiqarib olganidan keyin avratlarini yuvishni iloji bo‘lmayapti. Yuz-qo‘lini o‘zi yuvib olayapti xolos, masx xam tortolmaydi. Qo‘llarini chig‘anog‘i bilan xam yuvolmaydi, bu xolatda taxoratni qay xolatda ado etsa bo‘ladi? Namozlarini qay tartibda o‘qiy oladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar yuvdirib qo‘yinglar. Mustahab qilishni imkoni bo‘lmasa qolaveradi. Yotgan holatida namozlarni o‘qiyveradi. Boshlarini biroz egib ruku’, undan ham pastroq ekan sajda qiladilar. Imron ibn Husoyn roziyallohu anhu 30 yil shunday yotgan holda namoz o‘qiganlar. Imron ibn Husoyn roziyallohu anhu bavosir kasalligi bilan xastalangan bo‘lib, undan qutulish uchun turli choralarni qo‘llab ko‘rganlar. Jumladan, kuydirib davolashni ham sinab ko‘rganlar, lekin foyda bermagan. Ushbu rivoyatda aytgan gaplari ana o‘sha tajribalari asosida aytilgan.Abu Dovud roziyallohu anhu aytadi:«Mana shu Imron farishtalarning salomini eshitar edi. Kuydirib davolagandan keyin  bu narsa uzilib qoldi. Kuydirib davolashni tark qilganda esa unga salom berish qaytdi». Bu narsa ham Imron ibn Husoyn roziyallohu anhuning o‘zlariga xos bir ish. Darhaqiqat, u kishiga farishtalar salom berib turar edilar. O‘zlaridagi xastalikni davolashga urinib, mishqos qizdirib bosa boshlaganlarida farishtalarning salomi uzilib qoldi. U kishi tashvishga tushib, hodisani Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga aytdilar. Shunda u zot ikki ishdan birini: farishtalarning salomini yoki xastalikdan tuzalishni tanlashni taklif qildilar. U kishi farishtalarning salomini tanladilar. Xastalikni kuydirib davolashni tark qilganlarida farishtalar yana u kishiga salom berishni boshladilar. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 14:30 | Savol-javoblar | 157 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar