Kasal odamga zakot berish

Assalomu alaykum! 1). Bir Xosiyatxon dgan qizchaga katta summa pul kerak, shu qizchaga rahmim keldi shunga narhi $1200 tillam bor shu tillamni uzini narhida sotip shu qizchaga exson qilsam bo‘ladimi yoki exson sadaqa miskin qiynalgan odamlaga qilish kerakmi? Man hecham zakot bermaganman, shunga shu berganim bo‘ladimi yoki ayol kishi zakot bermaydimi? 2) Mani rahmatlik dadajonim olamdan o‘tganlariga 1 yilu 2 oy bo‘ladi yaqinda, ular o‘tgan kunlaridan man nomozni boshladim sal turip hijob o‘radim, har kun vitr namozidan keyn ularni eslab Qur’on tilovat qilaman, lekin afsuski dadam 5 mahal namoz o‘qimaganlar va ohirgi yillarda ro‘za tutmaganlar, chunki judayam kasal bo‘ganlar. Aytingchi 5 mahal namoz o‘qimagan, ro‘zani ado etolmagan odam jannatga kirolmaydimi? Mani ularni eslab Allohdan mag‘firat so‘rashim ularga yordam beradimi, balkim ularni qutqarib qolishga yordam beradimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ayol kishining moli nisobga etsa u ham zakot berishi shart. Siz aytgan ayol muhtoj bo‘lsa unga berishingiz mumkin. Agar u qizchani nisob miqdoricha puli bo‘lsa unga berolmaysiz. Operatsiya yoki uy kabi narsalarga muhtoj bo‘lgan insonlarga zakot berishda ularni qo‘liga nisob miqdoridan ortig‘ini berish joiz emas. uning o‘rniga bir kishi vakil bo‘lib, o‘sha muhtojga kerakli mablag‘ni yig‘ib tursa operatsiya o‘tgach yoki uy olingach muhtojning buyrug‘i bilan uning qarzlarini zakotdan to‘lansa joiz bo‘ladi. 2). Jannatga kirgizish yoki kirgizmaslik Allohning ixtiyorida. Siz bilan biz yaxshi umidlar qilib haqlariga duolar qilamiz. Hadisda Allohning kalomini to‘liq yodlab unga amal qilgan qorilarga qiyomat kuni do‘zaxga tushishi aniq bo‘lgan bir necha kishilarni shaqoat qilish haqqi beriladi deyilgan. Yordam berishni xohlasak hadisda zikr qilingan kishilar bo‘lishga harakat qilaylik. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 14:52 | Savol-javoblar | 130 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar