Buxorolik odam Buxoroda namozni qasr o‘qishi
Assalomu alaykum! 2020-yil 16-martdagi karantin e’lon qilingan holat bo‘yicha bizlarni oliygihlardan uyimizga qaytarib yuborishdi (Toshkentdan Buxoroga). Rasmiy manbalardan "karantin mudati 14 kun (hozicha)" deb o‘qidim. Biz tibbiyot oliygohida bitiruvchi kurs bo‘lganimiz uchun va davlat imtixonlari arafasi bo‘lganidan bizlarni yana Toshkentga imtixonlar uchun qaytarishsa kerak deb uyga ketgandim(lekin qaytamaslikka ham shubham bor edi). Hisobimda karanting 14-kuni yana dushanba bo‘lardi. Shu holatda men musofir hukmida bo‘larmidim? 2. Men o‘zimni musofir sanab namozlarni qasr o‘qib yurgandim (lekin ikkilanib yurardim) va karantin cho‘zilib ketgach namozimda xato bormi deb shubhaga kelib qoldim. Agar xato yo‘l tutgan bo‘lsam qasr o‘qib kelgan namozlarmi qayta o‘qiymanmi? 3. Shu kabi safar muddati aniq bo‘lmasa qanday yo‘l tutiladi (100 km uzoqga ishi bitgandan keyin uyga qaytishni niyat qilsayu ishni qancha vaqtda bitishini aniq bilmasa)? Musofir bo‘lgan bo‘lmaganini?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1-2). Buxoro o‘zingizni asliy vataningiz bo‘lsa va o‘sha erga qaytarilgan bo‘lsangiz namozlarni to‘liq o‘qishingiz kerak. O‘z yurtingizda qasr qilib o‘qib qo‘ygan bo‘lsangiz o‘sha o‘qiganlaringizni hamma farz va vitrlarini qaytadan qazosini o‘qib berasiz. 3). Unda qasr qilinadi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 15:47 | Savol-javoblar | 172 | Ibodatlar