Bir xonadonda qarz
Assalomu alaykum! Tog‘amning o‘g‘liga buyurtmasiga ko‘ra o‘z ishida kerak bo‘ladigan sotish uchun o‘z hisobimdan narsa olib kelib berganman. Narsani olgan pulini hali bergani yuq. Men ham bemalol ishlataver deganman. U bilan bir xonadonda yashaymiz. Oilada birga ovqatlanamiz. U ro‘zg‘or uchun oziq-ovqatga yoki boshqa biror narsalar xarid qiladi. Yuqorida yozilgan voqeadan oldin ham shunday edi oilada. Savol: 1. Tog‘amning farzandi bilan o‘rtamizdagi holat qarz hisoblanadimi? Ya’ni, muhlat ham, qarz deb ham kelishilmagan. 2. Agar qarz bo‘ladigan bo‘lsa, men oilada birga ovqatlanishim ribo ehtimoli bo‘ladimi? 3. Undan so‘rashga juda noqulay, agar ovqatlanmasam oilada har xil o‘ylashlari mumkin. Nima qilay bu holatda ribo ehtimoli bo‘ladigan bo‘lsa oldini olish uchun nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu savdoingizdan oldin ham ro‘zg‘oringizga oziq-ovqat va boshqa narsalar harid qilish odati bo‘lgan ekan. Shu tufayli bu riboga kirmaydi. Vallohu a’lam!
3 Yanvar 2024, 19:26 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom