Barcha namozlarini qazosini ado etguvchiga ham tartib vojib bo‘ladimi?

Bir kishi barcha qazo namozlarini ado qilsa, u ham ahli farzning ( qazo qilgan namozlarining adadi ettitaga etmagan bo‘lsa, va u - masalan - peshinni o‘qimasidan oldin asr vaqti bo‘lib qolsa, unga nisbatan tartib vojibligi sabab, avvalo asrni emas, peshinni o‘qishi kerak bo‘lgan odamning) hukmida bo‘ladimi? Savolni aniqlik bilan bera olmay qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bir marta sohibi farzlikdan chiqqan odam keyin unga qayta olmaydi.

26 May 2022, 17:42 | Savol-javoblar | 143 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar